BMAT
BMAT
[tahrir | manbasini tahrirlash]BioTibbiy bilimlarni tekshirish testi (BMAT) Buyuk Britaniya, Singapur, Ispaniya, Malayziya, Tailand, Vengriya, Xorvatiya va Niderlandiyadagi baʼzi universitetlarda tibbiyot, biotibbiyot fanlari va stomatologiya boʻyicha qabul jarayonining bir qismi sifatida qoʻllaniladigan imtihon turi.
Imtihon formati
[tahrir | manbasini tahrirlash]BMAT imtihoni 2 soat davom etib, qalam-qogʻoz orqali oʻtkaziladigan test hisoblanadi. Asosa uchta boʻlimdan iborat. Birinchi ikkita boʻlim test shaklida va uchinchi boʻlim esa insho yozishni oʻz ichiga oladi.
1-boʻlim: Fikrlash qobiliyati
Ushbu boʻlim muammolarni hal qilish va dalillarni birlashtirish kabi qobiliyatlarni tekshirish uchun moʻljallangan.32 ta savoldan iborat boʻlib, yechish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
2-boʻlim: Fandagi bilim va ularni qoʻllay bilish.
Ushbu boʻlim odatda 16 yoshgacha boʻlgan maktab bolalarning tabiiy fanlar va matematika boʻyicha ilmiy bilimlarni qoʻllay olish qobiliyatini tekshiradi (masalan, Buyuk Britaniyadagi GCSE va xalqaro miqyosda IGCSE). Test 27 ta savoldan iborat boʻlib, yakunlash uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Fanlar doirasiga matematika, fizika, kimyo va biologiya kiradi.
3-boʻlim: Yozish vazifasi
Ushbu boʻlimda insho yozish talab etilib, 30 daqiqa beriladi.
Baholash tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1 va 2-boʻlimlar uchun har bir boʻlim boʻyicha umumiy baholar 9 balli shkalada koʻrsatiladi. Eng yaxshi nomzodlar 6.0 yoki undan yuqori ball toʻplashadi. (oxirgi yillardagi nomzodlarning taxminan 10foizi) va bir nechta kamyobnomzodlar (>5foiz) 7.0 dan yuqori ball olishgan.
3-boʻlim uchun nomzodlar ikki xil koʻrinishda ball toʻplashadi – biri test uchun (1-5 shkala boʻyicha, 5 ball eng yuqori) va yozilgan insho sifati uchun (A, C, E shkalasi boʻyicha, eng yuqori ball A boʻlgan holda). Har bir BMAT inshosi ikkita tekshruvchi tomonidan baholanadi va ikkita bahodan umumiy oʻrtacha ball chiqariladi. Nomzodning yozgan inshosi nomzod murojaat qilgan har bir muassasaga taqdim etiladi.
BMAT dan foydalanadigan universitetlar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Buyuk Britaniya/dunyoning qolgan qismi: BMAT dan foydalanadigan universitetlar va kurslar roʻyxatini bu yerda topishingiz mumkin.
- Xorvatiya, Vengriya va Ispaniya: BMAT dan foydalanadigan universitetlar haqida maʼlumotni bu yerda topishingiz mumkin.
- Niderlandiya: Niderlandiyada BMAT talab qiladigan muassasalar va kurslar roʻyxatini bu yerda topishingiz mumkin.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |