Baba Kuhi Bakuvi masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Baba Kuhi Bakuvi masjidi
ozarbayjoncha: Baba Kuhi Bakuvi məscidi
Boku Icheri-sheher, Qiz qalʼasining simoliy qismi
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi IX—X asrlar

Baba Kuhi Bakuvi masjidi (ozarbayjoncha: Baba Kuhi Bakuvi məscidi) – Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan IX—X asrlarga oid eng qadimiy masjidlardan biri. Bino Icheri-sheherning tarixiy qismida, Qiz qal’asining shimolida joylashgan. Taxminlarga koʻra, masjid fors olimi va ilohiyotchisi Bobo Kuhi Bakuviga tegishli hisoblanadi[1].

Kashf etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baba Kuhi Bakuvi masjidi 1990—1993-yillarda Farhod Ibrohimov tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan. Masjid mehrobidan kufiy yozuvida bitilgan „Kuch Allohnikidir“ degan arabcha yozuv topilgan. Bu bitikni epigrafist Meshadixonim Neymat oʻqigan. Yozuvning paleografik xususiyatlari tadqiqotchilarga yodgorlikni IX—X asrlarga tegishli deb hisoblash imkonini beradi.

1998-yilda olib borilgan kichik qazishma ishlari natijasida masjidning ikkita xonasi topilgan. Masjid qoʻshni xonalarni va lansetli arklarning ustunlarini oʻz ichiga olgan holda yagona majmua boʻlgan[2].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Official website. „MOSQUE AND MOSQUE YARD – CHAPEL“. 2019-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Old city-Icherisheher“. 2019-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan.