Baby

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Baby“
Justin Bieber (Ludacris bilan birgalikda) qoʻshigʻi
„My World 2.0“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 18-yanvar, 2010-yil(2010-01-18)
Studiya
Janr
Davomiyligi 3:34
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Tricky Stewart
  • The-Dream
Justin Bieber (Ludacris bilan birgalikda) singllari xronologiyasi
„One Less Lonely Girl“
(2009)
Baby
(2010)
„Eenie Meenie“
(2010)
Klipi
„Baby“ YouTubeda

Baby“ – kanadalik qoʻshiqchi Justin Bieber va amerikalik reper Ludacris ijro etgan qoʻshiq. Bieberning My World 2.0 nomli debyut albomiga asosiy singl oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matni Bieber, Ludacris va R&B-qoʻshiqchi The-Dream tomonidan yozilgan. Taronaga Christina Milian va Tricky Stewart (Bieber bilan „One Time“ singlida birga ishlagan) prodyuserlik qilishgan.

Qoʻshiqni 2010-yil 18-yanvardan raqamli yuklab olish mumkin boʻlgan. Qoʻshiq chiqarilgandan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilgan. U tanqidchilardan ijobiy baholarga sazovor boʻlgan va omma qoʻshiqning soʻzlari va xorini maqtashgan.

Qoʻshiq tijoriy muvaffaqiyatga erishdi, jumladan Fransiya va Shotlandiyada xit-paradlarida birinchi oʻrinni egalladi va Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avstraliya, Norvegiya, Yaponiya, Irlandiya, Vengriya, Belgiya (Flandriya), Slovakiya, Yangi Zelandiya chartarida birinchi oʻntalikka kirdi. „Baby“ qoʻshigʻi Fransiyada 2010-yilning eng mashhur toʻrtinchi singliga aylandi.

Qoʻshiq klipi savdo markazida, bouling-zalida suratga olingan. Videoda Drake, Lil Twist va Tinashe kabi qoʻshiqchilarning bir nechta kadrlari mavjud boʻlib, Bieber videoda sevgan qizining orqasidan yuradi. 2013-yil may oyi holatiga koʻra, qoʻshiq Amerika Qoʻshma Shtatlarida 3,9 million raqamli yuklash orqali sotilgan va mamlakatda „Diamond“ sertifikatiga ega boʻlgan.

Rasmiy klip YouTubeʼda eng koʻp koʻrilgan 40-video[2] va 2021-yil iyul holatiga koʻra YouTubeʼda eng koʻp yoqmadi tugmachasi bosilgan toʻrtinchi video va Youtubeʼda eng koʻp yoqmadi tugmchasi bosilgan ikkinchi musiqiy klip boʻlgan. Klip 2010-yilning 12-iyulida Lady Gaganing „Bad Romance“ klipidan tomoshalar soni boʻyicha oʻzib ketgan. Bieber qoʻshiqni bir necha marta ijro etgan, jumladan „Saturday Night Live“ koʻrsatuvida va "American Idol" dasturining toʻqqizinchi mavsumida kuylagan. Shuningdek, Bieber 2010 Juno Awards taqdirlash masrosimida Drake bilan qoʻshiqning remiks versiyasining akustik talqinini ijro etdi. Buyuk Britaniyada yozib olingan rasmiy remiksda britaniyalik hip-hop ijrochi Chipmunk ishtirok etgan.

Trek-list[tahrir | manbasini tahrirlash]

US digital download[3]
NomiDavomiyligi
1.„Baby“ (featuring Ludacris)3:34
Australia digital download[4]
NomiDavomiyligi
1.„Baby“ (featuring Ludacris)3:36
2.„Baby“ (music video)3:39
UK Chipmunk Remix[5]
NomiDavomiyligi
1.„Baby“ (Chipmunk Remix) (featuring Chipmunk)3:41

Reliz tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mintaqa Sana Format
AQSH bayrogʻi AQSh 2010-yil 18-yanvar[6] Raqamli yuklab olish
2010-yil 26-yanvar[7] Radio
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 2010-yil 29-yanvar[8] Raqamli yuklab olish
Olmoniya bayrogʻi Germaniya 2010-yil 22-fevral[9]
2010-yil 5-mart[10] Faqat CD
Fransiya bayrogʻi Fransiya 2010-yil 22-fevral[11]
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 2010-yil 7-mart[12] Raqamli yuklab olish

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rosen, Jody. „My World 2.0 by Justin Bieber“. Rolling Stone. June 23, 2010da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24–iyun 2010–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Top 1000 Most Viewed YouTube Videos of All Time“. YouTube. 9-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  3. „United States Digital Download“. iTunes. Apple Inc. 22-iyul 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2010-yil.
  4. „Australia Digital Download“. iTunes. Apple Inc. 30-may 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2010-yil.
  5. „United Kingdom Digital Download“. iTunes. Apple Inc. 4-sentabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2010-yil.
  6. „Baby (feat. Ludacris) – Single by Justin Bieber“. iTunes. Apple Inc. 2012-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2010-yil.
  7. „R&R Going for Adds – CHR/Top 40 – Week Of: January 26, 2010“. RadioandRecords. 2010-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2010-yil.
  8. „Baby (feat. Ludacris) (Australia Release)“. iTunes. Apple Inc. 15-mart 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-yanvar 2010-yil.
  9. „Baby:Justin Bieber Feat.Ludacris (Germany Digital Download Release)“. Amazon Germany. 5-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2010-yil.
  10. „Baby (2-Track):Justin Bieber: (Germany CD Single Release)“. Amazon Germany. 9-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2010-yil.
  11. „Baby featuring Ludacris : Justin Bieber (France CD Single Release)“. fnac.com. 16-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2010-yil.
  12. „Baby: Justin Bieber:Amazon.co.uk: (United Kingdom Digital Download)“. Amazon. 19-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2010-yil.