Bade Samarqandiy
Qiyofa
Bade samarqandiy (Muhammad Bade ibn Muhammad Sharif Samarqandiy) (1641, Samarqand – ?) – oʻzbek shoiri va adabiyotshunosi. „Maleho“ taxallusi bilan sheʼriy asarlar yozgan. Uch yillik sayohat natijasida „Muzokir ul-ashob“ („Suhbatdoshlar zikri“, 1692) nomli tazkira yaratgan. Tazkirada XVII asrda Movarounnahr va Eronda yashagan 203 shoirning ijodi va hayoti hahida maʼlumot beriladi, asarlaridan namunalar keltiriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Abdullayev I., Hikmatullayev X., Samarqandlik olimlar, T., 1969.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |