Kontent qismiga oʻtish

Badr Ota maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Badr ota maqbarasi
Muqobil nomlari Badr ota maqbarasi

Umumiy maʼlumot
Turi maqbara
Shahar Navoiy
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XIX asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Badr Ota maqbarasi — Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Qoracha qishlogʻida joylashgan yodgorlik. Maqbara Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Badr ota yashagan davr toʻgʻrisida turli manbalarda maʼlumotlar uchraydi. Uning tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlib, vafoti 1283-yil. Badr ota xalq orasida avliyo sifatida tilga olinib, uning toʻliq ismi Mavlono Badriddin Muhammad. Tarixiy manbalarda u yassaviya tariqati vakili, Muhammad (s.a.v) avlodi va Zangi Otaning toʻrtinchi xalifasi sifatida tilga olinadi. Badr otaning qabrining qayerda joylashgani toʻgʻrisida manbalarda turlicha maʼlumotlar mavjud. Ayrim manbalarda u Toshkent shahrining Qoʻyliq mavzesida dafn qilingan. Boshqa manbalarga koʻra Badr ota qabri Miyonqol oʻlkasidagi Farofin qishlogʻida joylashgan. XVII asrda yashagan xorazmlik tarixchi Muhammad Tohir ibn Muhammad Tayyib Badr ota qabri Miyonqolning Farofin qishlogʻida joylashganini yozadi. Uning yozishicha, Qoracha qishlogʻi xoʻjalari uning avlodlari hisoblangan. Maqbarada qabrtosh boʻlib, toʻqqiz qator epitafiya yaʼni marsiyadan iborat. Ushbu yozuv arab tilida boʻlib, XIX asrda yasalgan. Qabrtoshdagi marsiya nastaʼliq xatida „mullali“ usulida bitilgan. XX asr oxirlarida maqbradagi toshlarning naqshlari yashil rangga boʻyalgan. 1979-yilda bitik yashil rangga boʻyalgan va ushbu yil yashil rang bilan qayd qilingan[1]. Maqbara oldida ikkita sagʻona saqlanib qolgan. U nastaʼliq xatida boʻlib, birinchi qabrtoshda shunday yozuv saqlanib qolgan: „Janobi Avliyoxoja Ibodullohxoja oʻgʻli 1232 (milodiy 1817—1818) yil Haq huzuriga rihlat qildilar[2]“. Badr ota nomli masjid ham mavjud boʻlib, Buxoro amiri Amir Nasrullo tomonidan qurilgan[3].


  1. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 274.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 281.
  3. „Бадр ота масжиди“. hazratnavoi.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-iyul.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0.