Kontent qismiga oʻtish

Bagʻdod qamali (1136)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bagʻdod qamali 1136-yilda Abbosiy xalifalari qarorgohi boʻlgan Bagʻdodning ellik kun davomida qamal qilinishi edi. Qamal Iroqning saljuqiy hokimi G‘iyosiddin Mas’ud xalifa ar-Rashid Billohga hujum qilgach, boshlangan. Qamal paytida Bag‘dod aholisi xalifaga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Tohiriy saroyini talon-taroj qilgan. Oxir-oqibat, ar-Rashid shahardan Mosulga qochib ketib, u yerda xalifalikdan voz kechgan. Masʼud xalifalik taxtiga uning amakisi, keyinchalik sharqda nafaqaga chiqqan al-Muqtafiyni chiqargan[1].

  1. Le Strange 1922, ss. 327–328.