Bahlul (jurnal)
Bahlul (jurnal) — Eronda nashr qilinadigan, karikatura, hangoma, tanqid va qiziqarli kichik hajmdagi maqolalardan iborat boʻlgan jurnal. Hijriy 1332-yilda nashr qilina boshlagan.
Jurnalni qiziq maqolalar bilan toʻldirgan shaxslar Muhammad Xurramshohiy, Muhammad Hoji Husayniy, Ahmad Abdullohiy, Javod Alizodalar boʻlishgan. Jurnal podishoh hokimiyati agʻdarilgunga qadar nashrdan chiqarilgan. Uning gʻoyasi jamiyatda bolayotgan voqea-hodisalarga hajv va karikatura orqali oʻz fikr va dunyo qarashlarini bildirish, jamiyatni uygʻotishga qaratilgan. Siyosiy jihatdan maqolaga rasmiy tus berilmagan va aytarlik jiddiy eʼtibor qaratilmagan. Jurnal soʻngi bor inqilobdan oldin, Eron yil hisobiga koʻra seshanba kuni, 29-esfand, hijriy 1357-yilda, 28 sahifadan iborat holda, Eron pul birligida 5 tumanga sotilgan. Jurnalning mas’ul mudiri va egasi Sayyid Ahmad Sakkokiy va Sayyid Ibrohim Sakkokiylar boʻlishgan. Jurnal maxsus yozuvchilardan tashkil topgan ikki guruh nazorati ostida boʻlgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ کشف خانه تیمی سران طاغوت، مجله بهلول، خرداد ۱۳۶۰ (Wayback Machine saytida 2017-03-15 sanasida arxivlangan) تاریخ ایرانی