Kontent qismiga oʻtish

Bahman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahman (forscha: بهمن[1]) — Eron va Afgʻonistonning rasmiy hijriy yil taqvimi oʻn birinchi oyi[1]. Bahman oyi oʻttiz kundan iborat[1] boʻlib, Grigoriy taqvimi boʻyicha yanvar oyida boshlanadi va fevralda yakunlanadi. Ushbu oy muchal yil hisobi boʻyicha Qovgʻa burjiga toʻgʻri keladi.

Bahman qish faslining ikkinchi oyi boʻlib, undan keyingi oy Esfand hisoblanadi[1].

Zamonaviy fors tilida „bahman“ soʻzi „qor koʻchkisi“ degan maʼnoni anglatadi. Bahman, shuningdek, Vohu Manahning zamonaviy shakli deb hisoblanadi. „Vôhü Manö“ soʻzi ikki qismdan iborat boʻlib, „Vôhü“ vah oʻzagidan kelib chiqqan va proto-hind-yevropacha tilda ves — hurmat qilmoq, hayratda qolmoq, „Manö“ soʻzi esa ehtiros, qatʼiyat, ruh, aql kuchi degan maʼnolarni bildiradi. Vohu Manah, shuningdek, zardushtiylikda sof aql, ruh yoki mutlaq ong degan tushunchaga ham ega[2].

Bu oydagi muhim voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1302-yil Bahman oyining 4-kuni — 1924 yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi Fransiyaning Chamonix shahrida boʻlib oʻtgan.
  • 1279-yil Bahman oyining 8-kuni — Beysbol Oliy Ligasini tashkil etuvchi ikki liganing kichigi, sobiq mintaqaviy kichik liga — Amerika Ligasi Gʻarbiy ligani oʻz ichiga olgan jamoalar asosida rasman tashkil etilgan.
  • 1252-yil Bahman oyining 13-kuni — Beysbol Oliy Ligasini tashkil etuvchi ikki liganing eng kattasi boʻlgan Milliy ligaga asos solingan.
  • 1323-yil Bahman oyining 13-kuni — Manila jangi (1945) boshlangan.
  • 1326-yil Bahman oyining 14-kuni — dastlab Shri Lanka, soʻngra Seylon davlatlari hamdoʻstlik doirasida toʻliq Dominion maqomiga ega boʻlgan mustaqil davlatga aylangan.
  • 1357-yil Bahman oyining 22-kuni — Eron inqilobi yakunlangan.
  • 1394-yil Bahman oyining 15-kuni — Bangladesh bankida oʻgʻirlik sodir etilgan kun.

Bu oyda tugʻilgan shaxslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1297-yil Bahman oyining 10-kuni — Zamonaviy Beysbol Oliy Ligasining birinchi afro-amerikalik oʻyinchisi Jackie Robinson vafot etgan.
  • 1364-yil Bahman oyining 24-kuni — Nyu-York Mets professional beysbolchisi, Jeff Fraizerning ukasi, Olimpiada kumush medali sovrindori Todd Fraizer vafot etgan.

Kuzatuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bahman oyining birinchi va uchinchi haftalari — Xitoy Yangi yili.
  • Bahman oyining uchinchi yoki toʻrtinchi yakshanbasi — Super Bowl Sunday kuni.
  • Baxman oyining oxirgi dushanbasi — AQShda Prezident kuni.
  • Bahman oyining 2-kuni — Zardushtiylikning Bahmanagan bayrami nishonlanadigan kun.
  • Bahman oyining 6-7-kunlari -Hindistonda Respublika kuni va Avstraliya kuni.
  • Bahman oyining 10-kuni — Sadeh nomli (forscha: سده‎) Eron olov festivali kuni.
  • Baxman oyining 16-kuni — Shri-Lanka milliy kuni.
  • Bahman oyining 22-kuni — Islom inqilobi kuni.
  • Bahman oyining 25-26-kunlari — Avliyo Valentin kuni.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Months and Seasons – Persian Vocabulary“ (2014). Qaraldi: 2014-yil 8-sentyabr.
  2. Mehta, Phirozshah Dorabji. Zarathushtra: The Transcendental Vision, 1985. ISBN 9780906540688.