Kontent qismiga oʻtish

Bahmaniy sultonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahmaniy sultonligi – Hindistonda oʻrta asr davlati. Bahmaniylar sulolasining asoschisi Hasan Zafarxon boʻlib, Abu Muzaffar Alouddin shoh nomi bilan taxtga chiqqan. Dastlab Gulbargani, keyin (1429-yildan) Bidorni oʻziga poytaxt qilgan. Bahmaniylar davlati Dekan mulkdorlarining Dehli sultonligiga qarshi qoʻzgʻoloni natijasida vujudga kelib (1347), hukmronlik musulmon mulkdorlari qoʻliga oʻtdi va harbiy tuzum joriy etildi. Yosh sultonlar Nizomshoh (1461–1463) va Muhammadshoh Sh ning otaligʻi (regenti) va vaziri Mahmud Xovan davrida bahmaniylar davlati anchagina qudratli edi. Mahmud Xovan asli Eron savdogarlaridan boʻlib, keyinchalik bahmaniylar saroyida vazirlik darajasiga koʻtarilgan. Mulkdorlarniig oʻzaro kurashi, ayniqsa Vijayanagar davlati bilan doimiy urushib turishi natijasida bahmaniylar zaiflashdi. XV asr oxiri – XVI asrning boshida bahmaniylar davlati Bijopur, Golkonda, Bidor, Bsror va Ahmadnagar sultonliklariga ajralib ketdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil