Kontent qismiga oʻtish

Baho al-Din Bagʻdodiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baho al-Din Bag'dodiy
Xorazmshohlarning fors kotibi, shoir, devonxona boshligʻi
Mansab davri
1172-yil – 1200-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Baho al-Din Bagʻdodiy
Vafoti 1192-yildan keyin
Bogʻdod Xorazm
Qarindoshlari Majid al-Din Bagʻdodiy (akasi)

Baho al-Din Bagʻdodiy (forscha: بها الدین بغدادی) – forscha xat yozish boʻyicha oʻz mahorati bilan ajralib turadigan Xorazmshohlarning fors kotibi[1]. U Ala al-Din Tekish (11721200-yillar davomida) huzuridagi devon-u insho (devonxona) boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.

Baho al-Dinning tugʻilgan yili va hayotiy faoliyati noaniq. U Oʻrta Osiyoning Xorazmdagi Bagʻdod degan joyda tavallud topgan, yashagan va XII-XIII asrlarda taniqli xattot Majididdin Bagʻdodiy ismli akasi boʻlgan. Baho al-Din birinchi marta Xorazmshoh Ala al-Din Tekish (1172—1200) hukmronligi davrida mashhurlikka erishgan. Uning davrida saroydagi devon-u inshoning (devonxona) boshligʻi boʻlib xizmat qilgan.

Baho al-Din Xorazm sudida aybdor topilganligi uchun ikki marta qamoqqa tashlangan. Dastlab Tekishning vaziri Nizom al-Mulk Shamsiddin Mas’ud Hiraviy bilan kelishmovchilikdan soʻng qisqa muddatga, keyinroq esa Tekishning ukasi, keyingi xorazmshoh Sultonshoh tomonidan 1186—1189 yillarda Marvda qamoqqa tashlangan[2]. U ikkinchi marotaba qamoqda oʻtirgan paytlarida forscha Risala-ye habsiya („Qamoqxona xabari“) asarini yozgan. Aka-uka oʻzaro taxt uchun sulh tuzgach, qamoqdan ozod qilingan va yana Tekishga qaytib kelgan. Amin Roziyning (XVII-asrda vafot etgan) Haft eqlim ("Yetti iqlim") asariga koʻra, Baho ad-Din oʻz lavozimini keyingi Xorazmshoh Muhammad II (1200–1220) davrida ham saqlab qolgan. Eronshunos Klifford Edmund Bosvort Baho ad-Din haqida „Uning haqiqatga erishishi qiyin boʻldi“,- deb oʻz asarida keltirib oʻtgan. Baho al-Dinning ismi va faoliyati 1192-yildan keyin yozma manbalarda qoʻllanmagan.

Baho al-Din nasriy asarlarining yuqori sifatliligi bilan koʻzga koʻringan adib sifatida davr ijodkorlari orasida ajralib turdi. Uning ijodi Avfiy, Sadiddin Varaviniy kabi shoirlar tomonidan yuqori baholangan[3].

  1. The Coming of the Mongols. Bloomsbury Publishing, 2017. ISBN 9781786733832. 
  2. The Coming of the Mongols. Bloomsbury Publishing, 2017. ISBN 9781786733832. 
  3. The Coming of the Mongols. Bloomsbury Publishing, 2017. ISBN 9781786733832.