Bahodir Karim
Bahodir Karim | |
---|---|
Karimov Bahodir Nurmetovich | |
Tavalludi |
7-fevral 1966-yil |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Kasbi | Adabiyotshunos |
Unvoni | Filologiya fanlari doktori, professor |
Mukofotlari |
Bahodir Karim (Karimov Bahodir Nurmetovich, 1966-yil 7-fevral, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston SSR) – adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor Xalq taʼlimi aʼlochisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahodir Karim 1966-yil 7-fevralda Respublikasining Toshhovuz viloyati Toza-yormish qishlogʻida ziyoli oilada tugʻilgan. Boshlangʻich va oʻrta taʼlimni qishloqdagi 30-maktabda olgan. 1991-yilda Toshkent davlat universitetining Oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Shundan keyin shu universitet aspiranturasining kunduzgi boʻlimida oʻqishni davom ettirgan. Otasi Nurmat aka fizika oʻqituvchisi boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996—1999-yillarda doktoranturada tahsil olgan. 2002-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan. 1999-yildan Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti „Jahon adabiyoti va nazariya“ kafedrasi mudiri lavozimida ishlab, 2003—2006-yillarda fakultet dekani boʻlgan. 2001-yildan universitet qoshida tashkil etilgan Oliy Adabiyot kursini boshqargan[1].
Bahodir Karimning 2000-yilda "Jadid munaqqidi Vadud Mahmud", "Qodiriy qadri", 2004-yilda "Yangilanish sogʻinchi", 2007-yilda "XX asr oʻzbek hikoyasi antalogiyasi", 2011-yilda "XX asr oʻzbek sheʼriyati antalogiyasi", "Choʻlpon va tanqid", "Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin"[2], "Adabiyotshunoslik metodologiyasi", "Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur", "Qodiriy nasri – nafosat qasri", "Bakir Choʻbonzoda va Oʻzbekiston", "Ruhiyat alifbosi", "Abdulla Qodiriy fenomeni", "Oʻtkan kunlar ibrati", "Ikki daho – ikki bebaho", "Istiqlol adabiyoti: nazm va nasr" kabi oʻndan ortiq ilmiy kitoblari nashr etilgan. Bundan tashqari u 70 dan ziyod ilmiy va oʻquv-uslubiy ishlar, shu oʻrinda 6 ta risola, 64 ta ilmiy maqola va oʻquv-uslubiy ishlar muallifi[3]. Uning tadqiqotlari asosan XX asr adabiyoti va jadidlar haqida[4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan. 2016-yilda „Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni“ bilan taqdirlangan. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni topshirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Karimov BaxodirFilologiya fanlari doktori“. akademiklar.uz. Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ „Bahodir Karimov. Abdulla Qodiriy ijodining yangicha talqinlari.“. kh-davron.uz. Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ „Adabiyotshunos Bahodir Karimov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi“. oyina.uz. 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
- ↑ „«Слова совпадали с делами». Беседа с профессором о джадидах“. kun.uz. Qaraldi: 14-iyun 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «Aytganlari amallariga to'g'ri edi» — professor Bahodir Karim jadidlar haqida
- Bahodir Karimov - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi
- «Aytganlari amallariga to'g'ri edi» — professor Bahodir Karim jadidlar haqida
- filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov Abdulla Qodiriy merosi haqida