Kontent qismiga oʻtish

Bahodir Niyozov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bahodir Boboyevich Niyozov (1959-yil 15-avgust, Beshkent) – usta kulol, kulollar sulolasining vakili, Oʻzbekiston xalq ustasi (2003). Hunarni ota-bobosidan oʻrgangan. P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1984). Qarshi sanʼat bilim yurtida badiiy bezash boʻlimi boshligʻi (1984—97). 1997-yildan Qashqadaryo viloyati „Hunarmand“ uyushmasi rahbari. Niyozov qadimy kulollik maktablaridan biri – Kasbi kulollik maktabini tiklash va rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi; anʼanaviy uy-roʻzgʻor buyumlari (xum, koʻza, oftoba, tuncha va boshqalar)ni oʻziga xos usulda yaratadi, binolar bezagi uchun sopol, terrakotadan samarali foydalanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil