Bahrali nam
Qiyofa
Bahrali nam (foydali nam) – tuproqdagi namning oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan qismi. Bahrali nam koʻpincha tuproq dala nam sigʻimining 65 – 70% ga teng boʻladi. Bu miqdor oʻsimlik xiliga va tuproqning mexanik tarkibiga qarab oʻzgaradi. Masalan, poliz ekinlari uchun 75 – 80%, gʻoʻza va boshoqli oʻsimliklar uchun 65 – 70%, shuningdek yengil tuproqlarda ozroq, ogʻir tuproqlarda koʻproq. Tuproqdagi namning oʻsimlik oʻzlashtira olmaydigan qismi bahrasiz nam deyiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |