Kontent qismiga oʻtish

Baksan (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baksan[1] (Azau; karach.-balk. Basxan, kabard.-cherk. Bahsen) — Kabardin-Balkar Respublikasi Shimoliy Kavkazdagi daryo. Malkaning oʻng irmogʻi (Terek havzasi). Manbada daryoning yuqori oqimi ba’zan Azau nomi bilan uchraydi. Suvning oʻrtacha sarfi — 33,6 m3/s.

Daryoning uzunligi 169 km, suv havzasi 6800 km²[2]. Baksan Elbrus mintaqasidagi Katta Azau va Kichik Azau muzliklaridan boshlangan. Asosan, muzlik, qor va yer osti suvlaridan iborat. Iyul-avgust oylarida suv sathi koʻtariladi. Uning koʻplab irmoqlari bor, ulardan eng yiriklari Cherek va Chegem daryolari boʻlib, ular Malka bilan qoʻshilish joyidan biroz yuqoriroqda quyiladi.

Baksan va uning irmoqlarining yuqori oqimida Baksan, Jan-Tuugan, Elbrus va boshqalar alpinistlik lagerlari, Prielbrusye milliy bogʻi va Terskol rasadxonasi joylashgan.

Baksan daryosi boʻyida — Tyrnyauz va Baksanda shaharlari va uning Malkaga oqib oʻtadigan joyining qarshisidaProxladniy shahri joylashgan.

Quyi oqimida suvdan sugʻorish uchun foydalaniladi (Baksan sug'orish tizimi), daryoda Baksan GESi qurilgan.

Ifloslanish darajasi oshgan[3].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryo nomining etimologiyasi bir necha kelib chiqish variantlariga ega. Daryoning Kabardiyacha nomi Baxsen boʻlib, uni "ekin bugʻi"[4] yoki — "koʻpikli"[5] deb tarjima qilish mumkin. L. V. Vegener toponimi Balkar basxani — "toshqin" ga asoslangan boʻlishi mumkin deb hisoblagan[6].

  1. Бакса́н // Большая советская энциклопедия : [в 30 т.] / гл. ред. А. М. Прохоров. — 3-е изд. — М. : Советская энциклопедия, 1969—1978.
  2. Баксан (Азау) : [рус.] / verum.wiki // Государственный водный реестр : [арх. 15 октября 2013] / Минприроды России. — 2009. — 29 марта.
  3. Показатели состояния подземных вод в 2000 году. Минприроды России: mnr.gov.ru
  4. Е. Д. Налоева «Кабарда в первой половине XIII века». Глава: Гидронимика Кабарды. Стр 164
  5. А. В. Твердый Топонимический словарь Кавказа: Баксан
  6. „Вегенер Л. В. Опубликовано в путеводителе «От Марухи до Эльбруса»“ (ru). budetinteresno.narod.ru. Qaraldi: 2020-yil 20-fevral.
  • Баксан // Словарь современных географических названий / Рус. геогр. о-во. Моск. центр; Под общ. ред. акад. В. М. Котлякова. Институт географии РАН. — Екатеринбург: У-Фактория, 2006.
  • Баксан // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.