Balalayka
Qiyofa
Balalayka – uch torli, hamma torlari baravar chertib chalinadigan rus xalq musiqa asbobi. XVIII asr boshida paydo boʻlib, rus xalqi orasida keng yoyilgan. Balalaykadan yakkanavozlik va ansambllarda, qoʻshiq hamda raqslarga joʻrnavozliqda foydalaniladi. XIX asr oxiridarus musiqachisi, mohir balalaykachi V. V. Andreev hamkorligida soz ustalari F. Paserbskiy va N. Nalimovlar xalq balalaykasini qayta ishlab, kattakichik turlarini yaratgan (Balalayka-prima, Balalayka-sekunda, Balalayka-alt va hokazo). Mazkur sozlar guruhi asosida rus xalq cholgʻu asboblari orkestri tashkil etilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |