Kontent qismiga oʻtish

Balandlik oʻlchagich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balandlik oʻlchagich, altimetr – uchish apparati (mas, samolyot) ning qancha balandlikda uchayotganini koʻrsatadigan asbob. Barometrli va radio Balandlik oʻlchagichlar yuqoriga koʻtarilgan sari bosimning pasayib borishiga asoslangan; bu asbob shkalasidagi darajalar oraligʻi bir-biriga teng. Balandlik oʻlchagich 20 ming m va undan balandliklarni oʻlchaydi. Balandlik oʻlchagich bir milli yoki ikki milli boʻlishi mumkin; ikki milli balandlik oʻlchagichda millarning biri yuz metrlarni, ikkinchisi ming metrlarnn koʻrsatadi. Bir milli Balandlik oʻlchagich oʻlchash aniqligi ±50 dan ±100 m gacha, ikki milliniki ±5 dan ±10 m gacha. Radio Balandlik oʻlchagich uchish balandligini 1 m gacha aniqlikda oʻlchashga imkon beradi[1].

Barcha barometrik balandlik oʻlchagichlar (altimetrlar) deyarli bir xil tuzilishga ega. Lekin samolyot turiga qaram tashqi koʻrinishi har xil boʻlgan variantlari qoʻllanishi mumkin.

Altimetning ichki tuzilishi
Altimetning ichki tuzilishi











Avvalgi samolyotlarda qoʻllangan ilk altimetrlar anchagina noqulay boʻlgan. Ularning koʻrinishi avtomobil spidometriga oʻxshagan boʻlib, bitta strelkali boʻlgan va 0 metrdan 1000 metrgacha boʻlgan qiymatlarni koʻrsatgan. Mazkur strelka ostida esa xuddi avtomobilning odometriga oʻxshagan raqamli darcha boʻlib, faqta u bosib oʻtilgan masofani emas, balki balandlikning minglarga teng qiymatini koʻrsatgan. Yaʼni, uchuvchi strelkaga qarab oʻn va yuz metrlarni aniqlasa, raqamli darchaga qarab esa ming metrlarni aniqlagan.

  1. 1. „Balandlik oʻlchagich“ OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2. Muxammad Olim H. U. Aviatsiya asboblari va uchish-navigatsiya uskunalari. TDTrU: – Toshkent, 2022. 92 b.