Kontent qismiga oʻtish

Balbas qoʻy zoti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Balbas qoʻy zoti — goʻshti, juni va suti uchun boqiladigan qoʻy zoti. Vatani Turkiya. Bu qoʻy zoti qoʻshaloq quyrugʻi bilan boshqa zotlardan ajralib turadi. Goʻsht sifati yaxshi. Koʻchqorlarining tirik vazni 85–90 kg , sovliqlariniki 55 – 60 kg . Qoʻchqorlarining dumbasi 12 kg gacha, sovliqlarida 5–6 kg . Qoʻchqorlaridan 3,0—4,0, sovliqlaridan 2,5—2,8 kg dagʻal jun olinadi. Jun kokili uz. 11—17 sm, 60—65% sof jun chiqadi. Oʻrtacha 124– 130 kg sut beradi. 100 sovliqdan — 120 qoʻzi olinadi.

Armaniston, Ozarbayjon, Shimoliy Eron, Turkiya va boshqa mamlakatlarda boqiladi. Oʻzbekistonda kam tarqalgan. Baland togʻli yaylovlarda boqishga yaxshi moslashgan. Junidan gilam, kamvol gazlamalar tayyorlanadi[1].

  1. "Balbas qoʻy zoti" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil