Kontent qismiga oʻtish

Baliq (naqsh)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Baliq – oʻzbek xalq amaliy sanʼatida keng tarqalgan naqsh. Ustalar qadimdan buyumlarga turli hayvon va jonivorlarni yoki ular tanasi qismlarining („mol koʻzi“, „bulbul koʻzi“, „qush qanoti“ kabi) shaklini chizish, naqsh berishni rasm qilgan. Baliq nomi bilan bogʻliq naqshlar ham shular jumlasidandir. Kulollar baliqlar dumini eslatuvchi „Baliq dumi“, B. tumshugʻini eslatuvchi „Baliq tumshuq“ kabi naqshlarni sopol idishlarga tushiradilar. Pichoqsozlar esa pichoq dastasini, asosan B. koʻzini eslatuvchi „Baliq koʻzi“ naqshi bilan bezaydilar: bunda pichoq dastasi oʻyilib, unga oq, koʻk yoki kizil koʻzlar qadab, atrofiga jez va mis halqachalar oʻrnatiladi. Baliq naqshlar buyumga koʻrk bagʻishlaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil