Ballari
Qiyofa
Ballari — Hindistondagi shahar, Hagari daryosi boʻyida. Dekan yassitogʻligi janubida, Karnataka shtatida. Aholisi 245 ming kishi (1991). Ip gazlama, jun, shakarqand, metallsozlik sanoati rivojlangan. Paxta yetishtiriladigan va sotiladigan rayon markazi. Ballari yaqinidan temir rudasi qazib olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan: fil suyagi, metall va yogʻochdan turli buyumlar yasaladi, mato toʻqiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |