Bananli foster
Bananli foster — sariyogʻ, jigarrang shakar, dolchin, toʻq rom va banan likyorli sous bilan banan va vanil muzqaymoqlaridan tayyorlangan desertshirinlik. Bananlar shakar qoʻshib sariyogʻ ichida ozgina qovuriladi, undan keyin alkogol qoʻshiladi va olovga qoʻyiladi. Alangada pishirgandan soʻng, muzqaymoq ustiga sousdagi bananlar qoʻyiladi. Bu shirinlikka vanilli muzqaymoq yoki blin qoʻshib berish mumkin, lekin uni oʻzini ham isteʼmol qilish mumkin[1]. Ziravor sifatida siz dolchin va muskat yongʻogʻini qoʻshishingiz mumkin[2].
Yaratilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shirinlik 1951-yilda AQShning Luiziana shtatining Yangi Orlean shahridagi "Brennan" mehmonxonasida[3] Pol Blonj tomonidan yaratilgan. Desert oʻsha paytda Yangi Orlean jinoyat komissiyasining raisi boʻlgan Ouen Brennanning doʻsti Richard Foster sharafiga nomlangan[4]. Hozirgacha bu shirinlik Yangi Orleandagi eng yaxshi restoranlarda, shuningdek, dunyodagi koʻplab restoranlarda tansiq taom sifatida tortiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Artisanal Gluten-Free Cupcakes: 50 From-Scratch Recipes to Delight Every Cupcake Devotee-Gluten-Free and Otherwise. The Experiment, 2011. ISBN 978-1-61519-036-2.
- ↑ Manley, Stephanie. CopyKat.com's Dining Out at Home Cookbook: Recipes for the Most Delicious Dishes from America's Most Popular Restaurants. Ulysses Press, 2010-04-01. ISBN 978-1-56975-832-8.
- ↑ Brennan, Ella. Miss Ella of Commander's Palace : "I don't want a restaurant where a jazz band can't come marching through", Martin, Ti Adelaide, First, Layton, Utah, 2016. ISBN 978-1-4236-4255-8. OCLC 939911126.
- ↑ „New Orleans Food: Bananas Foster“. NewOrleansOnline.com. New Orleans Tourism Marketing Corporation. 2017-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-noyabr.