Kontent qismiga oʻtish

Bananxoʻrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bananxoʻrlar, turako (Musophagidae) – kakkusimonlar turkumiga kiradigan qushlar oilasi, 18 tacha turi bor. Ogʻirligi 250 g dan 1 kg gacha. Turatsin va turakoverdin kabi maxsus pigmentlar patlarining rangiga yarqiragan yashil va koʻk tus berib turadi. Sahroi Kabirdan janubda Afrikaning oʻrmonlari va savannalarida yashaydi. Bananxoʻrlar koʻp vaqtini daraxt shoxlarida oʻtkazadi. Koʻpincha daraxt shoxlariga uya qoʻyadi. 2 ta tuxum bosadi. Tuxum bosishi 3 haftaga yaqin davom etadi. Joʻjalari 6 haftadan keyin uyani tashlab ketadi. Bu qushlarga bananxoʻr deb notoʻgʻri nom berilgan. Ular banan bilan emas, balki buta va daraxtlarning kurtaklari, meva va urugʻlari bilan oziqlanadi. Vakillari: kokildor turako (Corythaeola cristata), Efiopiya turakosi (Turaco ruspolii),T. bannermani turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMQXI)ning Qizil kitobiga kiritilgan.[1]

  1. "Bananxoʻrlar" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil