Kontent qismiga oʻtish

Bandi kushod masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Bandi Kushod masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo
Mahalla Sherbek MFY
Mulkdor Davlat mulki

Bandi kushod masjidi — Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (taxminan XVI-XVII asr).

Masjid paxsadan qurilgan, toʻgʻri toʻrtburchak tarhli boʻlib, umumiy maydoni 15,1 x 12,4 m ni tashkil qiladi. Inshoot tomi 6 gumbazdan iborat, ularning diametri 2,5 — 2,9 metrga teng. Sharqiy tomonga qaragan bosh qismi oddiy, ayvonli tarzda bunyod etilgan.

Masjidda maydoni 15 x 9 metrga teng boʻlgan ikki ustunli, bezaksiz xonaqoh bor. Bu yerning markazida oq marmardan qilingan ramziy qabr joylashtirilgan. Shuningdek, ziyoratchilar oʻtirib Qur’on tilovat qilishi uchun oʻrindiq ham oʻrnatilgan. Xonaqohning ikki yon tomonida biri kattaroq, ikkinchisi nisbatan kichik boʻlgan deraza uchun ochiq oʻyiq deraza mavjud. Devori ichkari va tashqaridan somonli loy bilan suvalgan.

Masjid oʻrta asrlardagi qishloq madaniyatiga xos bino namunasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Bir necha marotaba taʼmir qilingan, dastlabki bezaklari saqlab qolinmagan[1].

Oʻxshash nomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda Kushod nomli bir nechta masjidlar mavjud. Shundaylardan biri Buxoro viloyati Peshkoʻ tumanidada joylashgan Xoʻjam Bandi Kushod (Said po Bandi Kusho) jom’e masjid hisoblanadi[2]. Mazkur inshoort ham davlat muhofazasiga olingan. Yana biri Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi Kushod masjididir.

Muhofazaga olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 4-oktyabrdagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Bandi kushod masjidi Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asnosida davlat mulkiga aaylantirilgan va davlat muhofazasiga olingan[3]. Shundan soʻng masjid hududi taʼmirlanib, yon-atrofidagi hududga daraxtlar va koʻp yillik oʻsimliklar ekilgan. Ziyoratchilar uchun maxsus oʻrindiqlar oʻrnatilgan.

  1. „Bandi kushod masjidi“ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „O'zbekiston masjidlari“. masjid.uz. Qaraldi: 08-2023.
  3. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 08-2023.