Bandlikka ko'maklashish markazlari
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bandlikka koʻmaklashish markazlari — Oʻzbekistonda vaqtincha ishidan va mehnat daromadidan mahrum boʻlib qolgan fuqarolarga ishga joylashishda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlarning taʼminlanishida koʻmak koʻrsatuvchi organ. 2007-yil 6-maydagi 616-sonli „Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi OʻzR Prezidenti Qaroriga koʻra tuman-shahar mehnat boʻlimlari negizida tashkil etilgan boʻlib, ular zimmasiga: ish bilan band boʻlmagan aholi hisobini olib borish; ishsizlarni ishga joylashishlarida yordam koʻrsatish; aholi bandligini samarali shakllarini rivojlantirish; ishsiz fuqarolarni kasbga oʻqitish, malakasini oshirish va egallagan kasb-hunarlariga mos ish bilan taʼminlash; ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligiga amal qilinishini nazorat qilish; aholi ijtimoiy himoyasida qatnashish kabi vazifalar yuklatilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi