Kontent qismiga oʻtish

Bandy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bandy

Swedishdagi ayollar Chempionati, 2015-yil
Qachondan beri 1882-yil, 141 yil avval
Xarakteristikalari
Turkum Jamoaviy sport o'yini[1]
Anjom
Mintaqa Angliya, Buyuk Britaniya

Bandy – qishki sport turi. Ikkita jamoa katta muz maydonida konki kiyib, tayoqlardan foydalangan holda, toʻpni raqib jamoa darvozasiga yoʻnaltirishi kerak boʻladi[2]. Oʻyin maydonchasining uzunligi 90-110 metr, eni esa 45-65 metrga teng boʻlgan muz qatlamidan iborat. Maydon odatda xokkey oʻyini maydonchalaridan katta lekin futbol maydonidan biroz kichik. Bu sport xokkeyning bir turi hisoblanadi va futbol assotsiatsiyasi, xokkey, shina va chim ustidagi xokkey bilan umumiy oʻxshashlikka ega. Bandyning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mabjud emas, ammo uning birinchi qoidalari 1882-yilda Angliyada tashkil etilgan va nashr etilgan. Xalqaro miqyosda bandyning erkaklar va ayollar oʻrtasidagi eng kuchli davlatlari Shvetsiya va Rossiya. Ikkala mamlakatlarda ham erkaklar oʻrtasida professional bandy ligalari tashkil etilgan. Hisob-kitoblarga koʻra, Rossiyada bir milliondan ortiq kishi bandy sporti bilan shugʻullanadi. Finlandiya, Norvegiya va Qozogʻiston davlatlarida ham Bandy sport turining oʻyinchilari va muxlislari bor. 1890-yildan 1955-yilgacha bandy uchun boshqaruv organi mavjud emas edi. 1955-yil fevral oyida Xalqaro bandy federatsiyasi (FIB) tashkil qilindi. 2001-yilda bandy sporti Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan sport turi sifatida tan olingan[3] . Xalqaro Olimpiada Qoʻmitasi tomonidan Bandy va Rink bandy (kichik maydonda oʻynaladi) sporti tan olingan. Xalqaro Bandy Federatsiyasi bandy sportini xokkeydan keyingi dunyoda eng koʻp ishtirok etuvchilariga ega boʻlgan qishki sport turi ekanligini taʼkidladi[4][5][6], ammo bu ishtirokchilarning qanchasi erkak va qanchasi ayol ekanligi qayd etilmagan.

Bandy sportining dastlabki oʻyin jarayoni, 1565-yil

Sportning eng qadimgi kelib chiqishi hanuz muhokama qilinadi. Rossiya aholisi Bandy sport turiga ajdodlari asos solgan deb hisoblashadi[7], garchi boshqa davlatlarda jumladan, Niderlandiya, Angliya, Uelsda ham ushbu sport turiga oʻxshash sportlar tarixan keng tarqalgan boʻlsa ham[8]. XVIII asrning oʻrtalarida Devonshire Dialogue toʻplamida Bandy oʻyini „Golf oʻyini“ sifatida kiritilgan, unda qarama-qarshi tarafga ishtirokchilar toʻpni (odatda daraxt tanasidan tutqich) urishga harakat qilishadi, oʻyinda foydalaniladigan tayoqning oxiri qiya holatda boʻladi"[9]. Sportning birinchi tartib qoidalari 1882-yil Angliyada Bury Fen Bandy klubi aʼzosi Charlz Gudman Tebbutt tomonidan kodifikatsiya qilingan. 1955-yilda Xalqaro Federatsiya tashkil etilganidan soʻng, rus va ingliz qoidalarini oʻzaro moslashtirish orqali oʻyin qoidalari yaratildi, lekin ingliz qoidalaridan koʻproq foydalanildi. Futbol assotsiatsiyasi Angliyada allaqachon mashhur boʻlgani sababli, ishlab chiqilgan bandy qoidalarining koʻp qismi futbol qoidalari asosida qabul qilindi. Futbol assotsiatsiyasi singari, oʻyinlar odatda 45 daqiqalik ikkita boʻlimdan iborat boʻlib, har bir tomonda 11 ta oʻyinchi mavjud. Oʻyinchilarning tayoqlari katta xokkey tayoqlariga oʻxshab qiyasimon boʻlib, toʻpning hajmi taxminan tennis toʻpi oʻlchamiga teng. Bandy toʻplari toʻq sariq rangga ega yoki hozirgi kunda koʻpincha pushti. Oʻyin jarayonida tana qismlari bilan jang qilish qoidaga zid hisoblanadi. Bandyda oʻyindan tashqari holat qoidasi mavjud. Darvozabonlar oʻz pozitsiyalari uchun maxsus ishlab chiqarilgan qoʻlqoplardan foydalanadilar va ularni ikkala qoʻliga kiyishadi, lekin hech qanday tayoqdan foydalanishmaydi[10].

  1. „Bandy“, The Oxford Companion to Sports & Games. Oxford: Oxford University Press, 1975. ISBN 978-0-19-211538-6. 
  2. „Edsbyn Sandviken SM – Final in Upssala“. YouTube. Qaraldi: 2014-yil 7-fevral.
  3. Max Winters. „Russian Bandy Federation to act after teams score 20 own goals in one match“ (en). Inside the games (2017-yil 28-fevral).
  4. „Bandy versus the 50 Olympic Winter Games Disciplines“ (2015-yil 4-dekabr). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Bandy destined for the Olympic Winter Games!“. Federation of International Bandy (2016-yil 21-oktyabr). 2018-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.
  6. Bandyportföljen magazine, no. 4 2017/18, pp. 12-13
  7. Bandyns historia http://www.skiro-navelsjo.se/ (Wayback Machine saytida 2019-04-16 sanasida arxivlangan) (in Swedish; read on 2 December 2017)
  8. Heathcote, John Moyer; Tebbutt, C. G.; Buck, Henry A.; Kerr, John; Hake, Ormond „Skating“. London : Longmans, Green and Co. (1892-yil 9-yanvar).
  9. Palmer, Mary (Reynolds); Palmer, James Frederick. A dialogue in the Devonshire dialect. London, Longman, Rees, Orme, Brown, Green and Longman, 1837. 
  10. Kyle Knopp. „Bandy: The Other Ice Hockey“ (en). The Hockey Writers (2021-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.