Kontent qismiga oʻtish

Banknotlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bank biletlaridan yoʻnaltirildi)

Banknotlar, bank biletlari, kredit biletlari— markaziy emissiya banklari chiqaradigan qog‘oz pullar, kredit pullarning asosiy turi. Banknotlar pulning to‘lov funksiyasi asosida 17-asrda vujudga kelgan. Yirik davlatlarda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi Banknotlar chiqarishni davlat emissiya banklarining monopoliyasiga aylantirdi. Qog‘oz pullarning oltin ta’minoti bekor qilinganidan keyin (20- a. 70- y.lari) Banknotlar haqiqiy qog‘oz pulga aylandi. Banknotlar Davlat (Markaziy) bankining aktivlari va davlatning aholiga sotadigan tovarlari bilan ta’minlanadi.O‘zbekiston Respublikasida 1994 y. 1 iyuldan boshlab milliy valyuta so‘m muomalaga kiritildi. O‘zR Markaziy banki muomalaga qiymati 1,3,5, 10,25,50,100 so‘mlik, 1997 y. 1 martdan qiymati 200 so‘m, 2000 y. 1 iyundan 500 so‘m bo‘lgan bank biletlari (bank qog‘oz pullari) chiqargan. Ular tanga va chaqalarga maydalanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil