Kontent qismiga oʻtish

Pul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
500 yevro

Pul – bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni xarid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.

Pul (fors-tojikcha) – Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qoʻllangan mis chaqa pul. Masalan, 1 pul XVIII-XIX asrlarda Qoʻqon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 pul 1/40 tillaga, 1932-yilgacha Eronda 1/40 qironga teng boʻlgan. Pul – hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita.

Qogʻoz pullarning muomalaga kiritilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarga koʻra, dastlabki qogʻoz pullar X asrning oxiri XI asrning boshlarida Xitoyda chiqarilgan. Xitoyda qogʻoz pullar muomalaga chiqishida mamlakatda qogʻozning kashf etilganligi va bosma mashinalarining yaratilganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlab muomalaga chiqarilgan qogʻoz pullar „erkin tanga“, keyinchalik „qimmatbaho qogʻoz tangalar“ deb yuritildi, ular mamlakatda erkin aylanadigan toʻlov vositalari boʻlsada oltin yoki tovarlar bilan taʼminlanmagan edi.

Oʻzbekistonda qogʻoz pullari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918 yildan boshlab dastlab Buxoro amirligida muomalaga chiqarilgan. Muomalaga chiqarilgan nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000, va 10000 qogʻoz pullar tanga deb atalgan. [https://daryo.uz/ oʻzbekistonning qogʻoz pullari

Pul ayirboshlash, toʻlov, qiymat oʻlchovi, jamgʻarish (boylik toʻplash) kabi vazifalarni bajaradi. Qiymat oʻlchovi – tovarlar qiymati miqdori Pul orqali oʻlchanadi. U boshqa hamma tovar qiymatini ifodalaydi; ayirboshlash vositasi – Pul vositasida tovarlar oldisotdi qilinadi; jamgʻarish vositasi – pul oʻzida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi oʻz tovarini sotib, Pulga boshqa tovar sotib olmasa, u Pulni jamgʻaradi. Pul jamgʻarish uchun, ayniqsa, Pil qadrining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; toʻlov vositasi – tovarga uni sotib olingan vaqtda emas, balki maʼlum muddatdan soʻng haq toʻlanadigan tovar muomalasi jarayonida yuzaga keladi. Nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi toʻlanganda, qarz qaytarilganda Pul toʻlov vositasi rolini bajaradi. Pulning bu vazifasi muomalaning turli kredit vositalari – veksel, chek, banknotlarnp keltirib chiqaradi. Pul shakliga koʻra, naqd pul (aniq moddiy shaklga, yaʼni qogʻoz, tanga) va naqd boʻlmagan Pul (aniq moddiy shaklga ega boʻlmagan, bankdagi bir joriy hisobvaraqdan boshqasiga koʻchirib yozib qoʻyish orqali harakat qiluvchi pul) koʻrinishida buladi. Muomala doirasi darajasiga koʻra, milliy Pul (asosan, mamlakat hududida amalda boʻladigan), xalqaro yoki mamlakatlararo (baynalmilal) pulga boʻlinadi. Maxsus chiqariladigan jahon Puli yoʻq, ammo umumiy universal toʻlov vositasi rolini eng qadri yuqori, erkin almashtiriladigan pul uynaydi. Hozirgi paytda dunyoda AQSH dollari, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi va 2002-yil yanvardan muomalaga kiritilgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining pul birligi – yevro jahon puli vazifasini bajaradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil