Kontent qismiga oʻtish

Banokatiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Banokatiy (toʻliq ismi: Abu Sulaymon ibn Dovud ibn Abulfazl Muhammad ibn Dovud Banokatiy) (14-asr) — banokatlik tarixchi olim va shoir. Dastlab elxoniylardan Gʻozonxon va Sulton Abu Saʼid saroyida xizmat qilgan. Uning "Ravzat ul-albob fi tavorix il-akobir valansob" ("Akobirlar va asillar tarixi xususida oqillar bogʻchasi") tarixiy asari bizgacha yetib kelgan. Asarda dunyoning "yaratilishi"dan to elxon Abu Saʼid zamoni (1317 — 1335)gacha Eron, Hindiston, Movarounnahr, Xitoy va Yevropada boʻlib oʻtgan voqealar qisqacha hikoya qilingan. Davlatshoh Samarqandiyning soʻzlariga qaraganda, Banokatiy "shoirlikda ham oliy martabaga ega edi va qasidalar hamda pishiq qitʼalar aytgan...".

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil