Banska-bistritsa
Qiyofa
Banska-bistritsa - Slovakiyadagi shahar, Gron daryosi boʻyida. Aholisi 73 ming kishi (1984). Banska-bistritsa tuguni. Mashinasozlik (stanoksozlik), elektrotexnika, rangli metallurgiya, kimyo-farmatsevtika sanoati; yogʻochsozlik, sement, toʻqimachilik (asosan jun gazlama) va oziq-ovqat korxonalari bor. Gitler bosqinchilariga qarshi Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni markazi (1944-yil) boʻlgan. Gotika cherkovi (13- a.), Ratusha (16 — 17-asrlar) saqlangan. Xalq teatri bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |