Kontent qismiga oʻtish

Bantu tillari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bantu tillari
Mamlakatlar Sharqiy Afrika, Markaziy Afrika, Janubiy Afrika
Turkumlanishi
Til oilasi Niger-kongo tillari
Alifbosi lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-2 bnt

Bantu tillari - benuekongo (Markaziy va Jan. Afrika tub aholisi) tillari guruhi. Bu tillarda 150 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi (1997). Morfologiyasi, sintaksisi va leksikasida umumiylik bor. Bantu tillari da baʼzi fleksiya unsurlari boʻlsada, asosan agglyutinativdir. Tovush tizimida ohang semantik va grammatik maʼnolarga ega. Koʻpchiligida 5 —7 tadan unli bor, boʻgʻinlar ochiq. Faqat kamerun tillarida yopiq boʻgʻinlar uchraydi. Grammatik nomlar tizimi rivoj topgan. Bantu tillari ning qabul qilingan tasnifi yoʻq. Jan. afrikalik tilshunos K. Dok taklif etgan tasnif ("Afrika tillari maʼlumotnomasi") va ingliz tilshunosi M. Gatrining tasnifi muhim ilmiy ahamiyatga molik. Bantu tillari ning eng koʻp tarqalganlari: nyamvezi, sukuma (Tanzaniya), kikuyyu, kamba (Keniya), kongo, ngala (lingala), luba, mbundu (Kongo va Angola), rundi (Urundi), ruanda (Ruanda), ganda (Uganda), kosa va zulu (JAR), duala, evondo, bulu (Kamerun), suto (Lesoto), chuana (Botsvana), shona tillar guruhi (Mozambik) va boshqadir. Bantu tillari ichida suaxili tili Markaziy va Jan. Afrikaning sharqiy qismidagi koʻpgina mamlakatlar aholisining aloqa tiliga aylanmoqda, Tanzaniyaning rasmiy tili deb eʼtirof etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil