Banu Avar
Banu Avar - Eskishehirda 1955-yil 18-iyulda tugʻilgan, turkiyalik yozuvchi, jurnalist, boshlovchi va siyosiy sharhlovchi. Faoliyatini 1980-yilda Turkiyaning „Surech“ jurnalida boshlagan. Keyinchalik „Gunaydin“, „Dunya“, „Vatan“ kabi gazetalarda ishlagan.
Londondagi City universitetida magistrlik darajasini olgandan soʻng, u BBCda turk xabarlari boʻlimida radio muxbiri sifatida ishlagan va BBC hujjatli filmlar boʻlimida malaka oshirgan. Banu Avar Londondagi Turkiya radio va televideniye korporatsiyasiga (TRT) ishga taklif qilingan.Undan soʻng esa u mashhur 32 teledasturining muxbiri boʻlgan. 1985-yildan soʻng Banu Avar prodyuser boʻlib ishlagan. 1999-yilda u TRT uchun ikkita dastur yaratgan. U Discovery Channel va BBC uchun hujjatli filmlar ham suratga olgan[1].
1999-yilda u TV8 telekanalida hujjatli filmlar suratga olishni boshlagan va 2004-yilgacha u yerda rejissor sifatida ishlagan. Bu ishdan keyin faoliyatini, u TRT 1da davom ettirdi va hujjatli filmlar ishlab chiqara boshlagan. Hozirgacha televideniyeda uning 20 dan ortiq hujjatli filmlari namoyish etilgan. Shuningdek, u TRT 1 uchun kapitalizmga qarshi dastur taqdim etgan[2].
Fransiya, Niderlandiya, Isroil, Falastin, Oʻzbekiston, Eron, Jazoir, Daniya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida uning ishlari koʻrsatilgan. U Turkiya va boshqa Yevropa davlatlarini tanqid qila boshladi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turkiya yozuvchilar uyushmasi tamonidan, „yilning eng yaxshi teledasturchisi“ mukofoti bilan 2005-yilda taqdirlandi. Shu yilning oʻzida „TURKSAV“ xizmat mukofotiga sazovar boʻldi. Zamonaviy Jurnalistlar Uyushmasi tamonidan 2006-yilgi Televideniye yangiliklari uchun mukofotni ham qoʻlga kiritgan. Akdeniz universiteti, Otaturk tamoyillari va inqilob tarixi tadqiqot va tatbiq markazi „Kamalist fikrga hissa qoʻshganlar mukofoti“ bilan 2006—2007-yillarda taqdirlangan. Istanbul Kultur universiteti sanʼat va dizayn fakulteti „Yurakli ayollar mukofoti“ 2006-yil va 2007-yil 20-aprelida Yeditepe universiteti faxriy doktori unvoniga sazovar boʻlgan.
Film sohasidagi hissalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Deniz (1999)
- Hayotim musiqa (Mayis 1999-Ocak 2000)
- Muhim musiqa odamlarining hayot oʻykuleri (15-qism)
- Depremle Yashamak (2000) (10-qism)
- Unutulan Yillar (2000)
- Denizciler Belgeseli (2000—2001)
- Deniz kuchlari Komutanligi qoʻllab-quvvatlashi bilan Turkiyaning dengizchilik tarixi
- Deniz Kuvvetleri, Deniz Ticareti va Deniz Sporunun tarixi ve bugunü (9-qism)
- Turkiya sevdalilari (2000—2001)
- Afgʻoniston Devlerin Savaş Alani (2002)
- Ohri Ohri Güzel Ohri (2002)
- Artık Biz De Variz (2002)
- Atletin Adı Süreyya (2002)
- Bir Zamanlar Kıbrıs’ta (2003)
- Unutulan Yillar (2003)
- Kafkaslarda Politik Bir Satranch Ustasi Riza Oʻgʻli Haydar Aliyev (2004)
- Sinirlar Arasida (2004—2008)
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sinırlar Arasinda — Huznun Topragi Balkanlardan Geleceğin Gücü Avrasyaʼya (ISBN 975-293-458-7)
- Avrasyalı Olmak (ISBN 9944975613)
- Qaysi Yevropa (ISBN 9789944212250)
- Böl ve Yut (ISBN 9789751413147)
- Hangi Dunya Duzeni
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ „Banu Avar: Türkiye iyiye gidiyor - Asiye Sınıcı - Haber 3“. 2010-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2010-yil.