Banu Davs
Qiyofa
Banu Davs (arab. بنو دوس) Muhammad alayhissalom davridagi arab urugʻlaridan biri edi. Bu urugʻ Makkaning janubida joylashgan boʻlib, u Zahron qabilasining bir tarmogʻi boʻlgan[1]. Banu Davsning rahbarlaridan biri Muhammad alayhissalomning sahobalari Tufayl ibn Amr edi[2].
Qiyomat qachon boʻlishi haqidagi hadislardan birida Banu Davs urugʻining nomi zikr qilingan: Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Davs ayollarining ketlari Zul-xalasa (tavofi)da selkillamaguncha, qiyomat qoim boʻlmaydi”, deganlarini eshitdim. Zul-xalasa johiliyya davrida Davs qabilasi tomonidan sig‘iniladigan but edi. (Imom Buxoriy rivoyati)
Banu Davslik mashhur shaxslar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tufayl ibn Amr Davsiy (r.a.) Abu Hurayra (r.a.)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „May 1968. - White Rose eTheses Online“.
- ↑ Haykal, Muhammad Husayn; Islamic Book Trust. The Life of Muhammad, Trans. Isma'il Razi A. al-Faruqi, The Other Press, 1 May 1994 — 454-bet. ISBN 978-983-9154-17-7.