Kontent qismiga oʻtish

Baptisteriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baptisteriy (yun. baptisterion — choʻmiladigan hovuz, choʻqintirish xonasi) — maxsus diniy marosim — choʻqintirish uchun tayyorlangan bino. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida koʻpincha gumbazli alohida imorat, ichida choʻmiladigan hovuzi boʻladi, devorlari naqshdor, baʼzan hovuz atrofiga haykallar qoʻyiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil