Kontent qismiga oʻtish

Barberstown qasri

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Barberstown qasri (inglizcha: Barberstown Castle) ― Irlandiyadagi qasrlardan biri boʻlib, Kildare okrugida, Straffan qishlogʻi yaqinida joylashgan[1]. Qasr Dublindan 15 mil gʻarbda joylashgan. 1971-yildan beri qasr mehmonxona sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. Qasrning atrofida 20 gektar maydonni egallagan bogʻlar mavjud. 1996-yilda oʻtkazilgan tadqiqot qasr yaqinida ilgari nomaʼlum boʻlgan, qasrni Straffan cherkovi bilan bogʻlovchi yer osti tunneli topilgan.

Barberstown qasri 1288-yilda Nikolas Barbi tomonidan qurilgan. Qasr bir muncha vaqt Fitsjerald feodallariga tegishli boʻlgan. 1630-yilda Kildare yerlaridagi eng kuchli aristokratik oilalardan birining vakili William Satton Barberstown qasrining egasiga aylangan. 1689-yilda Irlandiyada ikki qirol oʻrtasida urush boʻldi. Oʻsha paytda Barberstown qasri Lord Kingstonga tegishli edi. Qasrni Tirkonnel grafi Lord Kingston oʻsha paytda taxtdan tushirilgan va Irlandiya tuprogʻida urush olib borayotgan Angliya qiroli James II ni qoʻllab-quvvatladi, degan bahona bilan tortib olgan. Qasr qirollik mulkiga aylandi — uni qirollik daromad komissarlari boshqargan. XVII-asr oxirida qasr Rojer Kelliga tegishli edi. Keyinchalik u koʻp marotaba qoʻldan-qoʻlga oʻtdi. Oʻsha paytdagi mulkdorlar orasida 1703-yilda qasrni 335 gektar yer bilan birga 1033 funt sterlingga sotib olgan Bartolomey Vangomray ham bor edi. U 1697-yilda Dublinning lord meri boʻlgan va Jonathan Swiftning maʼshuqasi Vasenessaning otasi edi. Bartolomey Vangomray qasrni Genrining oilasiga sotdi. Keyinchalik bu oila moliyaviy muammolarga duch keldi va qasrni Barton va Gvester oilasidan vino ishlab chiqaruvchi Hugh Bartonga sotdi. U 1830-yilda qasrga yangi qanot binosini qurdirdi. Qasrni yakunlashdan tashqari, u mashhur klub joylashgan Straffan Houseʼni ham qurdi.

XX-asrda qasr Gaddlestone oilasiga tegishli edi. Ular qasrni Nora Devlin xonimga sotishdi, u 1971-yilda uni mehmonxonaga aylantirdi. 1979-yilda qasr Eric Clapton tomonidan sotib olingan. 1987-yilda u qasrni hozirgacha qasrda yashayotgan egasi Ken Gilliga sotdi. Ken Gilli qasrga 10 ta yotoq xonasini qurdirib qoʻshdi, u yerda avvaldan boʻlgan 3 ta hammom va 59 tagacha yotoq xonani taʼmirladi. Qasr 4 yulduzli mehmonxonaga aylantirildi.

  1. celticcastles.com[sayt ishlamaydi]