Barbora Krejčíková
Barbora Krejčíková | |
---|---|
Mamlakat | Chexiya |
Istiqomat joyi | Ivanchitse, Chexiya |
Tugʻilishi |
18-dekabr 1995-yil Brno, Chexiya |
Boʻyi | 1.78 m sm |
Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
Murabbiy |
Aleš Kartus[1] |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $US$7,966,634 |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 389–222 |
Jami titullari | 3 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 2 (2022) |
Joriy pozitsiyasi | No. 19 (2022) |
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
Australian Open | QF (2022) |
French Open | W (2021) |
Wimbledon | 4R (2021) |
US Open | QF (2021) |
Boshqa turnirlar | |
Tour Finals | RR (2021) |
Olympic Games | 3R (2021) |
Juftlik bahslari | |
Rekordi | 362–141 |
Jami titullari | 13 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 1 (2018) |
Joriy pozitsiyasi | No. 8 (2022) |
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | W (2022) |
French Open | W (2018, 2021) |
Wimbledon | W (2018, 2022) |
US Open | SF (2018) |
Boshqa juftlik turnirlari | |
Tour Finals | W (2021) |
Olimpiyada oʻyinlari | (2020) |
Mixed doubles | |
Career titles | 3 |
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | W (2019, 2020, 2021) |
French Open | QF (2021) |
Wimbledon | 3R (2017) |
US Open | QF (2016) |
Jamoa musobaqalari | |
Fed Cup | W (2018), record 1-1 |
Soʻnggi marta yangilandi: 6-Iyun 2022-yil. |
Barbora Krejchikova (1995-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. U 2022-yil 28-fevralda faoliyatidagi eng yuqori yakkalik reytingida 2-oʻrinni egalladi. 2018-yil 22-oktyabrda u juftlik bahslarida jahonda 1-raqamli tennischiga aylandi.
Krejchikova bir marta „ Katta dubulgʻa“ gʻolibligini va sakkizta asosiy juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi. U 2021-yilda Fransiya ochiq chempionatida, ayollar o‘rtasidagi juftlik bahslarida 2018-yilgi Fransiya ochiq chempionatida, 2018 — yilgi Uimbldon chempionatida, 2021 -yilgi Fransiya ochiq chempionatida, 2022-yilgi Avstraliya ochiq chempionatida va Katerina Sinyakova bilan hamkorlikda 2022-yilgi Wimbledon chempionatida hamda aralash juftlik va Avstraliya ochiq musobaqalarida g‘olib chiqdi. U Serena Williams, Venus Williams va Samanta Stosurdan keyin har uch yoʻnalishda ham yirik unvonni qoʻlga kiritgan toʻrt nafar faol ayol tennischilardan biri[2].
Tennisdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Krejčíkova 2013-yil oktyabr oyida oʻsmirlar oʻrtasida 3-oʻrinni egalladi[3]. Oʻsha yili u chexiyalik hamkasbi Katerina Siniakova bilan Fransiya ochiq chempionati, Wimbledon va AQSh ochiq chempionatida qizlar oʻrtasidagi juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi. Ukrainalik Oleksandra Korashvili bilan bir qatorda u Avstraliya Ochiq chempionatining finaliga chiqdi va kalendar yili boʻyicha „Katta dubulgʻa“ turnirini yakunlashdan bir oʻyin ortda qoldi. Oʻsha yili u Shveysariyaning Klosters shahrida oʻtkazilgan 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining yakkalik va juftlik bahslarida ham gʻolib chiqdi.
Professional faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yil oktyabr oyida u France Open turnirining to‘rtinchi bosqichiga chiqdi. Bu unga noyabr oyida yil yakuni bo‘yicha 65-o‘rinni egallashga yordam berdi[4]. Krejčíkova aralash juftlik musobaqasida ham oʻynadi va oʻzining birinchi katta dubulgʻa aralash juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi. Avstraliya ochiq chempionatida u amerikalik tennischi Rajeev Ram bilan birga chempionlikni qo‘lga kiritdi[5].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnir | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | 2022 | SR | gʻalaba% | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Avstraliya ochiq chempionati | A | 1R | A | V | V | V | A | 3/4 | 15-1 | 94 % |
Fransiya ochiq chempionati | A | 1R | A | A | NH | QF | A | 0/2 | 1-2 | 33 % |
Wimbledon chempionati | 2R | 3R | A | A | NH | A | 0 / 1 | 2-2 | 50 % | |
Amerika ochiq chempionati | QF | A | A | A | NH | A | 0 / 1 | 2-1 | 67 % | |
Gʻalaba — magʻlubiyat | 3-2 | 1-3 | 0-0 | 5-0 | 5-0 | 6-1 | 3/9 | 20-6 | 77 % |
Katta dubulgʻa finallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natija | Yil | Turnir | Maydon | Raqib | Hisob |
---|---|---|---|---|---|
Gʻalaba | 2021 | Fransiya ochiq chempionati | Qumli | Anastasiya Pavlyuchenkova | 6-1, 2-6, 6-4 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Barbora Krejcikova Bio“. WTA Tennis. Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
- ↑ „Stat of the Day: Barbora Krejcikova is now a Grand Slam champion in singles, doubles and mixed doubles“.
- ↑ „Barbora Krejčíková“. www.itftennis.com. International Tennis Federation. 2020-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
- ↑ „Barbora Krejcikova | Ranking History | Weekly & Yearly Rankings – WTA Official“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.
- ↑ Macpherson. „Krejcikova, Ram clinch Melbourne mixed doubles crown over Sharma, Smith“. WTA (2019-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.