Kontent qismiga oʻtish

Barchinoy Mamadiyorova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barchinoy Mamadiyorova (1950.15.1, Zomin tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). Toshkent pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1973). 1973-75 yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi 66maktabda, 1975-yildan Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi 4maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi. M. oʻquvchilar oʻrtasida tarbiyaviy ishlar olib borishda yuksak natijalarga erishgan. Uning sinfdan, maktabdan tashkari tarbiyaviy ishlar boʻyicha chop etilgan metodik qoʻllanmasi shahar oʻqituvchilari uchun namunaviy dastur boʻlib xizmat qiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil