Kontent qismiga oʻtish

Barguzin qoʻriqxonasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Barguzin qoʻriqxonasi
MamlakatRossiya Rossiya
Yaqinidagi shaharUlan-Ude
Maydon374 322 ga
Oʻrtacha balandligi1 640 m
Tashkil topgan sanasi1917
Barguzin qoʻriqxonasi (Rossiya)

Barguzin qoʻriqxonasiRossiya Federatsiyasining Buryatiya Respublikasidagi biosfera qoʻriqxonasi. Barguzin tizmasining gʻarbiy yon bagʻrida. Barguzin qoʻriqxonasi Baykal koʻlining shim.-sharqiy sohili va koʻl suvining bir qismini oʻz ichiga oladi. Maydoni 374,3 ming ga, koʻl akvatoriyasi maydoni 150 ming ga. Barguzin soboli (kish) ni qoʻriqlash va sonini koʻpaytirish uchun 1916-yil tashkil etilgan. Barguzin soboli, maral (Sibir bugʻusi), kabarga, qoʻngʻir ayiq, tosh karquri va boshqa, kulning qirgʻoqqa yaqin joylarida nerpa yashaydi. Togʻ tilogʻoch va igna bargli qora oʻrmonlar (qora qaragʻay, oq qaragʻay, kedrli sibir qaragʻayi), togʻ tundrasi va yalang tepalar keng tarqalgan.[1]

  1. "Barguzin qoʻriqxonasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil