Barkgauzen effekti
Qiyofa
Barkgauzen effekti - tashqi sharoit (mas, magnit maydoni) uzluksiz oʻzgarganida ferromagnitlar magnitlanganligining sakrasheimon oʻzgarishi. Nemis fizigi G. Barkgauzen 1919-yilda kashf qilgan. Ferromagnetiklarda har xil moddalar aralashmalari boʻlgani uchun (begona aralashmalar, dislokatsiya, qoldiq mexanik kuchlanishlar va hokazo tufayli) Barkgauzen effekti roʻy beradi, bular esa jismning magnit strukturasiga taʼsir qiladi. Bu effekt har xil tashqi sharoit (mas, temperatura, bosim va hokazo) oʻzgarishida kuzatiladi (qarang Ferromagnetizm).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |