Barno Sattorova
Barno Sattorova | |
---|---|
Tavalludi |
1972-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Barno Djaxangirovna Sattarova 1972-yilda Toshkentda ziyolilar oilasida dunyoga kelgan[1]. 1996—2001-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining „Fizika va astronomiya“ taʼlim yoʻnalishini tamomladi. 2001—2003-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura boʻlimida tahsil olib, „Astronomiya“ mutaxassislgiga ega boʻldi. 2003-yildan Toshkent davlat pedagogika universiteti „Axborot texnologiyalari markazi“ metodisti keyinchalik injener muxandisi, „Fizika va uni oʻqitish metodikasi“ kafedrasi oʻqituvchisi, keyinchalik esa shu kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, fizika-matematika fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini lavozimida faoliyat yuritib, 2009-yilda „Oliy taʼlimda astronomiya fanini oʻqitishda axborot texnologiyalarini qoʻllashning metodik asoslari“ mavzusida taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (astronomiya) ixtisosligi boʻyicha dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻldi. 2014-yildan „Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi“ kafedrasida dotsent, universitet oʻquv-metodik boshqarmasida metodist lavozimida faoliyat yuritib, 2014-yil 31-dekabrda dotsent ilmiy unvoniga ega boʻldi[1]. 100 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qildi, shu jumladan: 12 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta metodik qo‘llanma va 50 dan ortiq ilmiy maqola, 1 ta elektron darslik (patent olingan), 1 ta ilmiy g‘oya uchun mualliflik guvohnomasiga ega bo‘ldi, 40 dan ortiq maqola va tezislari Respublika hamda chet el ilmiy amaliy konferensiya to‘plamlarida e’lon qilingan[1].