Baron 2: Sogʻinch
Baron 2 Sog‘inchchi | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Rustam Sa'diyev |
Prodyuser(lar) |
Firdavs Abduholiqov Ivan Arxipov Kseniya Arxipova Anton Mamin |
Ssenariynavis(lar) |
Kennadiy Kazachkov Madina Mo'minova Igor Axmedov |
Rollarda |
Farhod Mahmudov Tauekel Muslim Yulduz Rajabova Igor Lifanov Viktor Verjibitiskiy Kaan Urganjiog'lu Sefa Zengin Sergey Astaxov Viktoriya Tolstoganova |
Studiya(lar) | Yoshlik (kinostudiya) |
Davomiyligi | 117 daqiqa |
Mamlakatlar |
Oʻzbekiston Rossiya |
Til | O'zbek tili |
Baron 2: Sogʻinch — rejissyor Rustam Sagdiyev tomonidan suratga olingan oʻzbek-rus kriminal jangovar filmi. Bu zamonaviy Oʻzbekiston tarixidagi katta ekranga chiqqan birinchi qoʻshma loyiha asosida suratga olingan filmlardan biri hisoblanadi[1]. 2016-yilda ishlab chiqarilgan „Baron“ filmining sikveli, ammo toʻgʻridan-toʻgʻri davomi emas. Film Oʻzbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Ivan Arhipovning „Inferno“ prodyuserlik markazi ishtirokida[2] va Shanxay terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish hamkorlik tashkiloti koʻmagida suratga olingan[3]. Kartina tijorat asosida chet elda, shu jumladan Rossiya kinoteatrlarida namoyish etilgan[4].
Film gʻoyasi va ishlab chiqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film xalqaro terrorizmga qarshi kurashga bagʻishlangan boʻlib, uning yaratuvchilari 2019-yildan buyon Oʻzbekiston maxsus xizmatlari tomonidan bosqinchilar lagerlarida qolib ketgan oʻzbek ayollari va bolalarni Suriyadan qutqarish boʻyicha olib borilayotgan „Mehr“ operatsiyasidan ilhomlanishgan[5][6]. Filmni suratga olishga tayyorgarlik ishlari 2019-yilda boshlangan, ammo covid-19 pandemiyasi tufayli filmning yakuniy suratga olish ishlari oz muddatga toʻxtab qolgan[7]. Maʼlumotlarga koʻra Filmning suratga olish ishlari Oʻzbekiston, Suriya, Turkiya, Rossiya va Shvetsiyada olib borilgan[8][9]. Rejissyor Rustam Saʼdiyevning soʻzlariga koʻra, filmning rus tilidagi versiyasi vaqtni qisqartirish uchun sezilarli darajada montaj qilingan[10]. Filmning Rossiyadagi premyerasi 2022-yilning 4-avgust kuni[11], Oʻzbekistondagi premyerasi esa 2022-yilning 18-avgust kuni boʻlib oʻtgan[12].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston tashqi razvedka xizmati xodimi Izzat (Farhod Mahmudov) „Baron“ nomi ostida besh yil davomida Yaqin Sharq mamlakatlari, shu jumladan Suriyada faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlarni moliyalashtirishda gumon qilinayotgan narkobaron Bassam bilan yashirin ishlamoqda. Baronning vazifasi jinoyatchilarga qurol etkazib berishning oldini olish, omon qolish va oʻz oilasi bagʻriga qaytishdir. Baron uni fosh qilmoqchi boʻlgan sheriklaridan birini oʻldiradi, ammo Bassam Izzatni qutqarishga qaror qiladi va uni oʻgʻli bilan Moskvaga yuboradi, u yerda mashina portlashi oqibatida Bassamning oʻgʻli vafot etadi. Ammo Bassam shunda ham Baronni oʻldirmaslikka qaror qiladi, uni Suriyaga, terrorchilarni tayyorlaydigan lagerlardan biriga yuboradi.
Xuddi shu lagerga qozogʻistonlik Bulat (Teukel Muslim) keladi, u boʻlinmalardan birining qoʻmondoni etib tayinlanadi. Bulat terrorchilar vaʼz qilayotgan mafkuraga koʻr-koʻrona ishonadi, ammo oʻz qarorini ularning safiga qoʻshilib qolgandan soʻng oʻzgartiradi. U Ali (Sefah Zengin) ismli terrorchining tuzogʻi orqali ushbu lagerga kelib qolgan Nargiz ismli qizga (Yulduz Rajabova) yordam berishga qaror qiladi. Nargiz aldanganidan habar topgach Aliga hujum qilib, qulogʻini tishlab oladi. Jaxl ustida Ali uni ayol-terrorchilar qatoriga qoʻshib qoʻyadi. Bulat esa Nargizni qutqarish uchun unga uylanadi.
Ushbu voqealarga parallel ravishda Oʻzbekiston va Rossiya maxsus xizmatlarining terrorizmga qarshi qoʻshma operatsiyasining faol harakati boshlanadi. Baronga terrorchilar Markaziy Osiyo mamlakatlarida oʻtkazishga tayyorlanayotgan teraktlar ijrochilari roʻyxatini aniqlash vazifasi yuklatilgan. Izzat Bulat bilan tanishadi. Bir kuni u Izzatni ijrochilar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kompyuterni buzishga urinayotganida koʻrib qoladi. Izzat Bulatdan terroristik hujumlarning oldini olishda yordam berishni soʻraydi, ammo u jangarilarning bunday rejalariga ishonmaydi va suhbatni terrorchilar qoʻmondoni eshitayotganida gumon qiladi. Izzat hibsga olinadi va kaltaklanadi. Keyinchalik Bulat, homilador Nargizni Ali oʻgʻirlab, unga tajovvus qilganindan xabar topadi. U Alini oʻldiradi, Nargizni topadi va Izzatni qutqarishga va Nargizni Oʻzbekistonga olib borish evaziga maʼlumot topishda yordam berishga qaror qiladi. Bulat maʼlumotlarni koʻrib chiqib, uning qoʻmondoni haqiqatan ham ayollar va oʻspirinlar yordamida teraktlar amalga oshirishni rejalashtirganligidan habar topadi. U maʼlumotni USB fleshkaga yuklab oladi va uni Izzat yollagan bolakayga derazadan uloqtiradi. Bu vaqtda terrorchilar qoʻmondoni oʻz qoʻriqchilari bilan kelib, Bulatga tahdid qila boshlaydi. Bulat granatani olib, qoʻmondonni terroristik hujumlarni tayyorlashda va yolgʻonda ayblab, chekni olib tashlaydi. Portlash sodir boʻladi.
Izzat va Nargiz maxsus xizmat agenti Esxon (Kaan Urganjioglu) yordamida badaviylar yoniga yetib boradilar va ular ikkisini xavfsiz joyga olib boriladi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktyor | Rol |
---|---|
Farhod Mahmudov | Izzat (Baron) |
Taukel Muslim | Bulat |
Yulduz Rajabova | Nargiz |
Kaan Urgangioglu | Esxon |
Igor Lifanov | FSB generali |
Sergey Astaxov | Viktor |
Ali Muhammad | Bassam |
Viktor Verjbitskiy | Xariton |
Sefa Zengin | Ali |
Viktoriya Tolstoganova | Viola |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „В Ташкенте состоялся премьерный показ фильма «Барон 2. Возвращение»“ (ruscha). "Фергана.ру" (18-avgust 2022-yil).
- ↑ „Бу фильм "бомба" бўлади: Иван Архипов "Барон-2" картинаси ҳақида“ (oʻzbekcha). Sputnik Узбекистан (6-dekabr 2019-yil).
- ↑ „В ПРОКАТ ВЫХОДИТ ПЕРВАЯ КИНОЛЕНТА РОССИЙСКО-УЗБЕКИСТАНСКОГО ПРОИЗВОДСТВА“ (ruscha). bigasia.ru (12-avgust 2022-yil). 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
- ↑ „«Барон 2. Возвращение»: кинопремьера года“ (ruscha). uzreport.uz (19-avgust 2022-yil).
- ↑ „Шавкат Мирзиёев впервые прокомментировал операцию «Мехр»“ (ruscha). repost.uz (3-iyun 2019-yil).
- ↑ Navbahor Imamova, Asim Kashgarian. „US, UN Officials Hail Uzbekistan's Repatriation of IS Families“ (inglizcha). Voice of America (19-may 2021-yil).
- ↑ „Возобновились съемки фильма «Барон-2»“ (ruscha). "Даракчи" (24-may 2021-yil).
- ↑ Дина Гин. „Вместе против зла. В Петербурге завершились съемки криминальной драмы «Барон-2»“ (ruscha). "Санкт-Петербургские Ведомости" (23-avgust 2019-yil).
- ↑ „«Пусть зритель сам даст окончательный вердикт»: как прошла премьера «Барон 2. Возвращение»“ (ruscha). Afisha.uz (22-avgust 2022-yil).
- ↑ „Рустам Саъдиев «Барон-2»да нима сабабдан Улуғбек Қодиров роль ўйнамагани, суратга олишда қайси масалаларда қийналгани ва фильмдаги кесилган саҳналар ҳақида“ (oʻzbekcha). Daryo.uz (23-avgust 2022-yil).
- ↑ „В Москве прошла премьера фильма "Позывной "Барон"“ (ruscha). Sputnik Узбекистан (4-avgust 2022-yil).
- ↑ Нозима Хошимова. „«Пусть зритель сам даст окончательный вердикт»: как прошла премьера «Барон 2. Возвращение»“ (ruscha). Afisha.uz (22-avgust 2022-yil).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2023-02-02 sanasida arxivlangan)