Kontent qismiga oʻtish

Barot sulton

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Barot sulton — mangʻitlar sulolasidan, Buxoro xoni Muhammad Rahimning ukasi. 1756—1758-yillarda Buxoro xonligida Samarqand bekligi hokimi[1].

Barot sulton mangʻit urugʻidan boʻlgan Muhammad Hakimbiy xonadonida tugʻilgan. Mangʻitlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxon Samarqand va Oʻratepaani bosib olgach, ukasi Barot sultonni Samarqandga hokim etib tayinlaydi[1][2][3]. 1758-yilda Muhammad Rahimxon vafotidan keyin Buxorodan bir qancha viloyatlar ajralib chiqdi. Oʻratepa va Xoʻjand hokimi, yuz urugʻidan boʻlgan Fozilbiy Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Xatirchi va Jizzaxni egallaydi, natija Barot sultonning Samarqanddagi hukmronligi oʻz nihoyasiha yetadi.

  1. 1,0 1,1 Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy. „Tarixi salotini mangʻitiya“ (rus tilida). Moskva. Izdatelstvo vostochnoy literaturi (1962). 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  2. Alexander Burnes, Travels into Bokhara being the account of a journey from India to Cabool, Tartary and Persia. Volume II. New Delhi, Madras, Asian educational services, 1992, s.358
  3. Istoriya Kazaxstana v persidskix istochnikax. T.2. Almati: Dayk-press, 2005, s.282.