Kontent qismiga oʻtish

Barra bint Abdulmuttalib

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Barra bint Abdulmuṭtalib (arab. برة بنت عبد المطلب) Muhammad alayhissalomning ammasi edi. U Makkada Abdulmuttalib va Fotima bint Amrning nikohidan tugʻilgan. Uning aka-ukalari Abdulloh ibn Abdulmuttalib, Zubayr ibn Abdulmuttalib va Abu Tolib ibn Abdulmuttaliblar edi[1][2].

U ikki marta turmushga chiqqan. Uning birinchi eri Quraysh qabilasining Maxzum urugʻidan Abdul Asad ibn Hilol edi[2]. Ularning oʻgʻillarining ismlari Abdulloh (Abu Salama), Sufyon va Asvad edi. Abu Salama va Sufyon musulmon boʻlganlar, Asvad esa musulmon boʻlmagan. Asvad keyinroq Badr jangida halok boʻlgan[3].

Ikkinchi eri Qurayshning Amr ibn Luay qabilasidan Abu Ruxm ibn Abduluzzo edi. Ularning Abu Sabra ismli oʻgʻillari boʻlgan[4]. Barra yagona Allohga iymon keltirgan holda vafot etgan. Vafotidan keyin eri Maymuna bint Horisga uylangan.

  1. Ibn Hisham note 97.
  2. 2,0 2,1 ibn Saad, Muhammad. Tabaqat vol. 8: The Women of Madina. Ta-Ha Publishers, 1995 — 33-bet. 
  3. ibn Saad, Muhammad. Tabaqat vol. 3: The Companions of Badr, 2013 — 183-bet. 
  4. ibn Saad, Muhammad. Tabaqat vol. 8: The Women of Madina. Ta-Ha Publishers, 1995 — 385-bet.