Kontent qismiga oʻtish

Barrikada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barrikada (frans.), koʻcha band - koʻcha, yoʻl, koʻprik va togʻ yoʻllarida turli narsalardan (xodalar, qum solingan qoplar, toshlar va boshqalar) quriladigan sunʼiy mudofaa toʻsigʻi. Barrikada qadim zamonlardan bosqinchilarga qarshi qoʻllangani maʼlum. Tarixiy manbalarda Barrikada chep deb tilga olinadi. Barrikada XIX-asrgacha tosh, qum solingan qop, xoda, qulatilgan daraxtlar va shahri k.dan qurilgan. 20-asrdan aholi yashaydigan joylarni tank va zirhli mashinalardan saqlash uchun maxsus muhandislik toʻsiqlari barpo etila boshlandi. Bunday B. temir-betondan, turli bloklardan yasalib, koʻcha va yullarga shaxmat katagi tartibida 2 — 3 qator quriladi. 1871-yil Parij kommunasi paytida kommunarlar, 1905 — 07-yillardagi rus inqilobi paytida ishchilar tomonidan keng qoʻllangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil