Barter bitimi
Barter bitimi — (italiancha baratare-ayirboshlamoq, inglizcha barter transaction)- ayirboshlash shartnomasi, mavoza deb ham yuritiladi. Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yoʻli bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi (Oʻzbekiston Respublikasi FKning 497-moddasi). Boshqacha aytganda, bunda tovarlar, ashyolar almashtiriladi. Ayirboshlash shartnomalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fkning 497-501-moddalari qoʻllanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagiba PF-1504-son „Byujet bilan xisob-kitob yurituvchilarning su’byektlarining mas’uliyatini oshirish chora-tadburlari toʻgʻrisida“gi Farmonining 4-bandiga koʻra, 1996-yil 1-sentabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi doirasida mahsulot yetjazib berish toʻgʻrisida mavoza asosidagi shartnomalar tuzish taqiqlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |