Kontent qismiga oʻtish

Barxurdor ibn Mahmud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barxurdor ibn Mahmud
Tavalludi
Barxurdor ibn Mahmud Turkman Farohiy
Kasbi Shoir

Barxurdor ibn Mahmud (toʻliq ismi: Barxurdor ibn Mahmud Turkman Farohiy; XVII-XVIII asrlar) – shoir, „Mahbub ul-qulub“ (Koʻngillarning sevgani) asari muallifi[1].

Barxurdor ibn Mahmud juda koʻp shaharlarda yashagan boʻlib, uning dastlabki asari har xil hikoyatlarni oʻz ichiga olgan „Mahfiloro“ asari hisoblanadi. Lekin ushbu asar dushmanlar hujumi paytida qoʻlyozma holida yoʻqoladi va u yodida qolganlarini qayta tiklab, uni „Mahbub ul-qulub“ deb nomlaydi[2].

  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.