Kontent qismiga oʻtish

Bastion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bastion (frans. bastion — mustahkam qoʻrgʻon) — atrofi mustahkam devor bilan oʻralgan, beshburchak shaklida qurilgan harbiy istehkom. B.da zambaraklarni oʻrnatish uchun maxsus koʻtarmalar quriladi, mudofaa devori va xandaqning oldi, yon tomonini oʻqqa tutish uchun oʻt ochish nuqtalari oʻrnatiladi. B. birinchi marta Italiyada 15-asrda paydo boʻlgan. B. oʻz vaqtida zoʻr va ishonchli istehkom vazifasini oʻtagan. B. 19-asr oʻrtalarigacha qoʻllangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil