Kontent qismiga oʻtish

Batareya (qurilma)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Batareya — bir xil turdagi elektr akkumulyatorlari, kondensatorlari yoki isitish radiatori, isitish asboblari hamda apparatlari va boshqalarning birgalikda ishlashi uchun maʼlum tizim asosida birlashtirilgan qurilma. Jumladan, akkumulyator elementlarini oʻzaro ketma-ket, parallel yoki aralash sxemalarda ulab, akkumulyatorlar batareyasi hosil qilinadi. Ketma-ket ulashda uning elektr yurituvchi kuchi (EYUK) barcha elementlarining EYUK yigʻindisiga, zaryadsizlanish toki esa bir elementnikiga teng boʻladi. Parallel ulashda uning oʻtkazuvchanligi va, demak, zaryadsizlanish toki ham oshadi. Aralash ulashda B.dan olinadigan quvvatni oshirish mumkin. Umuman, B. tuzishda ichki qarshiligi kichik boʻlgan elementlardan foydalanish maqsadga muvofiq. 1997-yil AQShda yaratilgan elektromobilda qoʻllangan. B. uning 1500 km masofani oʻtishiga imkon beradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil