Kontent qismiga oʻtish

Baxrom Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baxrom Rahmonov (1915.5.5 — Toshkent — 1961.5.4) — dramaturg, publitsist. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1936). Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida (1946—48) va "Qizil Oʻzbekiston" gaz. boʻlim mudiri, muharrir oʻrinbosari (1948—50). Oʻzbekiston KP MKda boʻlim mudiri (1950—52). Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi Sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʻi (1953—55). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1958—61). "Yurak sirlari" (1953) komediyasi, "Surmaxon" dramasi (1955), "Bir toʻy mojarasi" (1956, hamkorlikda), "Soʻnggi nusxalar" (1959—60), "Qilmishqidirmish" (1960—61) kabi koʻp pardali hamda "Uzi boshqayu, soʻzi boshqa" (1955), "Hasad va muhabbat" (1957), "Xoʻjayin koʻchdi" (1958) singari bir pardali komediyalar muallifi. "Mardlar qissasi" dramasi (1958) fuqarolar urushi voqealariga bagʻishlangan. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil