Baxrom Raxmonaliev
Baxrom Raxmonaliev Marufjonovich(1989-yil 13-aprel Fargʻona viloyatida tavallud topgan, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek filologi va siyosatchisi. IV-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raxmonaliyev Baxrom Ma’rufjonovich 1983-yili Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2013-yil Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2019-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ixtisosligi - filologiya (arab tili va adabiyoti), davlat boshqaruvi.
Mehnat faoliyatini 2014-yilda Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman «Barkamol avlod» markazi mutaxassisi sifatida boshlagan. 2017-2020- yillar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Kengashi raisi, Farg‘ona viloyati Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2020-yilda IV-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish qo‘mitasi a’zosi lavozimiga tayinlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.