Baxtiyor Ibragimov
Ushbu maqola olim haqida. Diplomat haqida Baxtiyor Ibragimov (diplomat) maqolasiga qarang.
Baxtiyor Tulaganovich Ibragimov | |
---|---|
Tavalludi |
11-may 1949-yil |
Fuqaroligi | |
Kasbi | supramolekulyar sohasi boʻyicha kimyo olimi |
Yoʻnalish | Fan |
Mukofotlari |
Baxtiyor Tulaganovich Ibragimov — supramolekulyar sohasi boʻyicha kimyo olimi hisoblanadi. Kimyo fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]1949-yil 11-mayda Toshkent shahrida ishchi oilasida dunyoga keladi. Oʻrta maktabni a’lo baholarga bitirgach, 1973-yilda Leningrad davlat universitetini tamomlab keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Bioorganik kimyo institutida amaliyot ilmiy xodimi, kichik, katta va yetakchi ilmiy xodimi bo’lib ishlagan.
2003-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bosh ilmiy kotibi boʻlgan. Ayni pallada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti sanaladi.
Kimyo olimi 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 3 ta qoʻllanma va 10 ta ixtiro muallifi hamdir. Bugungi kunda 3 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodini yetishtirib chiqargan.
Baxtiyor To’laganovich 2017-yilning oxirida unga Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi unvoni berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti etib tayinlangan (2018-yildan)[1].
Mukofot va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
2007-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
2020-yilda “Doʻstlik” ordeni” bilan taqdirlangan.
2021-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[2].
Ibrohimov qoidasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Ibragimov qoidasi”ning asoschisi, bu qoida dunyo boʻyicha 20 dan ziyod olimlar tomonidan e’tirof etilgan, oʻz ilmiy maqolalarida “Ibragimov tomonidan tuzilgan qoida” va dunyoning turli mamlakatlaridagi supramolekulyar kimyo boʻyicha 5 tadan ortiq darsliklarga kiritilgan. Muallifning ijodiga dunyoning turli burchaklaridan 200 dan ortiq murojaat tushgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [Ибрагимов Бахтиер Туляганович] Academy.uz
- ↑ „«Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 30 йиллиги» эсдалик нишони билан мукофотлаш тўғрисида“. https://yuz.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Ибрагимов Бахтиер Туляганович“ (ru). Arboblar.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
- „Ибрагимов Б.Т. Академия Наук Республики Узбекистана“.
- „“Сказать своё слово”“ (ru). Письма о Ташкенте. Qaraldi: 2022-yil 21-yanvar.
- Bakhtiyar Ibragimov. A Simple Correlation between the Structures of Different Crystal Modifications of a Given Host–Guest Complex and their Crystallization Temperatures (англ.) // Journal of inclusion phenomena and macrocyclic chemistry. — 1999-07-01. — Vol. 34, iss. 3. — P. 345–353. — ISSN 1573-1111. — doi:10.1023/A:1008029808197.
- Bakhtiyar T. Ibragimov. Further development of the general rule correlating guest space topology and guest content in polymorphs of the given inclusion compound with crystallization temperatures (англ.) // CrystEngComm. — 2007-02-06. — Vol. 9, iss. 2. — P. 111–118. — ISSN 1466-8033. — doi:10.1039/B613420C.