Kontent qismiga oʻtish

Baykal-Amur magistrali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baykal-amur magistrali, BAM — Sharqiy Sibir va uzoq. Sharkdagi temir yoʻl; Rossiyani Tinch okean bilan bogʻlaydigan 2-magistral temir yoʻl (birinchisi Transsibir magistrali). Umumiy uzunligi 4300 km, Tayshetdan Sovetskaya Gavan aholi punktigacha davom etadi. Baykal-Amur magistralining Ust-Kut (Lena daryosi boʻyida) — Komsomolsk-Amur qismi (3105 km; 1974-yil qurilishi boshlanib, 1984-yilda poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan) 1989-yil foydalanishga topshirilgan. Baykal-Amur magistralining Tayshet — Ust-Kut va Komsomolsk-Amur — Sovetskaya Gavan qismlari 40-yillar oxiri — 50-yillar boshida qurilgan; Baykal-Amur magistrali — Tinda, Izvestkovaya — Ural va Volochayevka — Komsomolsk temir yoʻl liniyalari orqali Transsibir temir yoʻl bilan tutashadi. 1981-yilda Baykal-Amur temir yoʻl (boshqarma) tashkil etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil